
"Borussiya" 30 mln evroga olgan futbolchisini 2 mlnga sotmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi ushbu mavsum oralig‘ida o‘z yarim himoyachisi Andre Shyurrleni sotib yubormoqchi.
29 yoshli futbolchi mavsumni Moskvaning "Spartak" klubida boshlagandi. U koronavirus pandemiyasi tufayli chempionatlar qoldirilganidan so‘ng, Germaniyaga uchib ketgan, ammo restartdan keyin Rossiyaga qaytib kelmadi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, dortmundliklar futbolchini 2 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
"Borussiya" rahbariyatining narxni pasaytirishiga Shyurrlening maoshi yuqoriligi sabab bo‘lmoqda. Shyurrle yiliga 7 mln evro oladi va jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachining jamoa bilan 2021 yilning yoziga qadar amal qiluvchi bitimi bor. Dortmund klubi 2016 yili futbolchi uchun "Volfsburg" klubiga 30 mln evro to‘lab bergandi.
Fikrlar