
"Borussiya D" yozgi transferlardagi ilk xaridini naqd qilib qo‘ydi!
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Rami Bensebaini faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Jurnalistning xabariga ko‘ra, 27 yoshli jazoirlik futbolchi bir necha kun avval Dortmund klubi bilan dastlabki shartnomaga imzo chekkan. Endi Bensebai joriy mavsum yakunlangach erkin agent sifatida dortmundliklar safiga qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Rami 2019 yilning avgustidan beri “Borussiya M” da o‘ynab kelmoqda. Uning mehnat shartnomasi muddati 30 iyun kuni tugaydi. U joriy mavsum Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Fikrlar