"Borussiya" Dortmund 18 yoshli futbolchisini 100 mln evroga sotmoqchi

  • 22 mart, 2019, 10:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi o‘zining angliyalik vingeri Jeydon Sanchoning transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 18 yoshli futbolchini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Esltib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Sanchoga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Agar “Borussiya” Sanchoni sotib yuborsa, uning o‘rniga”Chelsi” futbolchisi Kallum Xadson-Odoi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, "Borussiya" Sanchoni 2017 yil "Manchester Siti"dan bor yo‘g‘i 8 million evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum 35ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 17ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!