“Borussiya Dortmund” hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya Dortmund” futbolchisi Mukoko bilan shartnomani uzaytiradi. Yangi bitim 2026 yilgacha amal qiladi, deya xabar bermoqda “Sky Sport” nashri.

18 yoshli futbolchiga bir qator top klublar qiziqish bildirayotgandi. Ular orasida “Barselona” ham mavjud. Kataloniya jamoasi uni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Mukoko ushbu mavsum barcha chempionatlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!