"Borussiya Dortmund" "Manchester Yunayted"dan vinger olmoqchi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Entoni Elanga Germaniyaga yo‘l olishi mumkin. "Borussiya" vingerni ijaraga olish uchun harakat qilmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning ta’kidlashicha, Elanga nemis klubida o‘ynashga tayyor. Unga Angliyaning boshqa bir jamoasi "Everton" ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar