"Borussiya" Dortmund Sanchoni sotmaydi
"Borussiya" Dortmund klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske jamoa rahbariyati angliyalik vinger Jeydon Sanchoni sotishni rejalashtirmayotganini aytdi.
“Mish-mishlar meni havotirga solmaydi. Jeydon keyingi mavsumni ham jamoamizda o‘tkazishini hamma biladi. Bu fakt. U biz uchun bebaho. Butun Evropa hech bir klub bu borada biz bilan bog‘lanmaganini biladi”, - deydi Vattske.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 18 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Reala" va PSJ klublaridan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar