"Borussiya" Dortmund so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi!

  • 16 dekabr, 2020, 02:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasi 12-turidan o‘rin olgan "Verder" - "Borussiya" Dortmund bahsi yakunlandi.

O‘tgan turda "Shtutgart"dan sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib olgan "asalarilar" Bremenda "Verder" ustidan o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab, 12-daqiqada Rafael Gerreyro hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqaga kelib, mezbonlar futbolchisi Xovald hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘ngida dortmundliklar penalti ishladi. Penaltini birinchi urinishda golga aylantira olmagan Roys qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.

O‘yindagi g‘alabadan so‘ng, "Borussiya" Dortmund ochkolarini 22taga etkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!