
"Borussiya" Dortmund tarixida bunday futbolchi bo‘lmagan!
"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland o‘z nomini klub tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Opta nashri tarqatgan xabarga qaraganda, norvegiyalik futbolchi bir kalendar yilida Bundesligada 30 ta gol urdi. “Borussiya” tarixida esa shu paytgacha hech bir futbolchi Germaniya chempionatida bir kalendar yilida bu qadar ko‘p gol urmagan edi.
Xoland bu borada Lotar Emmerix va Per-Emerik Obameyangni ortda qoldirishga erishdi. Ushbu ikki futbolchi 1966 va 2015 yillarda Bundesligada 29 tadan gol urishgan.
Fikrlar