"Borussiya" futbolchisi bir yilda ketadigan bo'lib qoldi

  • 19.08.2026 08:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning «Betis» klubi dortmundlik «Borussiya» hujumchisi Fabio Silvaga qiziqish bildirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqida Goal nashri Bild manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Betis» vakillari allaqachon Dortmundga yetib borgan va 24 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. 

Sevilya klubi Silvani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilmoqda. Belgilangan shartlar bajarilsa, bu huquq majburiy sotib olish bandiga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, «Borussiya» hozircha ijara variantiga rozi emas. Nemis klubi Silvani faqat to‘liq transfer orqali, 22,5 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Qiziqishi shundaki, dortmundliklar o‘tgan yozda futbolchi uchun «Vulverxempton»ga xuddi shu miqdorda to‘lov amalga oshirgan edi.

Fabio Silvaning Germaniyadagi ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tdi, deb bo‘lmaydi. Jarohati sabab u mavsumning bir qismini o‘tkazib yubordi, shundan so‘ng esa asosiy tarkibda Seru Girasini siqib chiqara olmadi. Natijada portugaliyalik hujumchi mavsumni 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan yakunladi.

Futbolchiga qiziqish bildirayotgan yagona klub «Betis» emas. Xabarlarga ko‘ra, «Real Sosyedad» ham Silvani o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!