
"Borussiya" futbolchisi uchun 4 ta ingliz grandi xaridor
So‘nggi yillarda bir necha jahon darajasidagi yulduzlarni katta futbolga etishtirib bergan "Borussiya" yana bir iste’dodini qo‘yib yuborishi mumkin.
"The Times" nashrining xabar berishicha, "asalarilar" yosh yarim himoyachi Jud Bellingemni hozircha, sotmoqchi emas. Unga MYu, "Manchester Siti", "Liverpul" hamda "Chelsi"dan jiddiy qiziqish borligi aytilmoqda.
Nemis klubi Erling Xoland va Bellingem yana bir mavsum Bundesligada qolib, o‘sishga erishishini va kelasi yozda ularni yanada qimmatroqqa sotib variantini ko‘rib chiqyapti. Yuqoridagi grandlar ingliz vunderkindini 2022 yilda sotib olishga ham qarshi emas.
18 yoshli yarim himoyachi dortmundliklar tarkibiga o‘tgan yili "Birmingem" jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. U klub libosida o‘tkazgan 51 o‘yinida o‘z hisobiga 5 gol va 7 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar