"Borussiya M" futbolchisi Evropa grandlari qurshovida qoldi

  • 12 fevral, 2021, 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Myunxenglad yarim himoyachisi Florian Noyxaus Evropa grandlarining diqqatini o‘ziga tortmoqda.

Tecno

Kicker nashrining xabar berishicha, 23 yoshli germaniyalik futbolchini "Bavariya", "Borussiya D", "Yuventus", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. Uning shartnomaga ko‘ra tovon puli 40 mln evroni tashkil etadi.

Noyxaus joriy mavsum “Borussiya M” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!