
"Borussiya M" safarda "Volfsburg" darvozasiga 3 ta gol urdi (video)
Germaniya Bundesligasining 7-turida “Borussiya M” safarda “Volfsburg”ga qarshi bahs olib bordi
“Volkswagen Arena”dagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuv mehmonlarning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. “Borussiya M” safida Brel Embolo (5'), Yonas Xofman (7') va Jozef Skalli (90+5') gol muallifi bo‘ldi. “Volfsburg”ning yagona javob golini Luka Valdshmidt (25') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar