"Borussiya" MYu taklifini rad etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Jeydon Sancho mavsumlar oralig‘ida "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, "asalarilar" "qizil iblislar"ning 20 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha yuborgan 98 million evroli taklifini rad etdi. Nemis klubi angliyalik xavbekni 120 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushgan Sancho 17 ta gol kiritib, 16 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!