“Borussiya”: Raqobatga "Real" va "Barsa" qo‘shilsin!

  • 15.08.2020 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jeydon Sanchoning transferi eng ko‘p muhokama qilingan mavzuga aylangan bo‘lsa-da, angliyalik futbolchining “Manchester Yunayted”ga o‘tishi amalga oshgani yo‘q. Bunda dortmundliklarning hissasi katta bo‘ldi. Ular manchesterliklar bilan murosaga kelishni istamadi.

Endi esa, nega bunday qilgani oshkor bo‘ldi.

Aniqlanishicha, “Borussiya” rahbariyati futbolchi uchun kurashga “Real” va “Barselona” kabi qudratli klublarnang qo‘shilishini kutayotgan ekan. Bu 20 yoshli yarim himoyachining transfer narxini yanada oshiradi. Agar bu galgi transfer mavsumida La Liga grandlaridan taklif bo‘lmasa, dortmundliklar futbolchini keyingi yozda sotishga tayyorgarlik ko‘radi.

“Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jeydon Sancho Dortmund klubiga 2017 yili 7,84 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. “Borussiya” esa, yakunlangan mavsumda 10 ta gol urib, yana  shuncha golli pas oshirgan futbolchi uchun kamida 100 million funt talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!