Bosh murabbiy Messi, Neymar va Mbappedan g‘azabda!

  • 19 fevral, 2023, 15:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte jamoa hujumchilari Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappening o‘yin uslubidan g‘azabda ekanini haqida L'Équipe nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy yulduz hujumchilar ortga qaytib, himoyaga yordam berishni istamayotgani uchun o‘z taktikasini to‘liq qo‘llay olmayapti. Galtening rejasiga ko‘ra, jamoa to‘pni yo‘qotganda hamma ortga qaytishi kerak. Biroq, uch to‘purardan hech bu ishni qilmayapti.

Shunga qaramay, Galte 35 yoshli Messidan himoyaga yordam berish va uchrashuv davomida pressing uyushtirishni talab qila olmasligini yaxshi biladi.

Frantsiya chempioni klub rahbarlari orzu qlayotgan sovrin – Chempionlar ligasi g‘olibligini ko‘zlamoqda. Biroq, parijliklar nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida “Bavariya” yutqazib qo‘ydi.

Messi, Neymar va Mbappe kabi o‘ta yuqori maosh oladigan futbolchilar aynan nufuzli turnirlarda muvaffaqiyat qozonish uchun kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!