Bosh murabbiy Shomurodovni tanqid qilib o‘tdi

  • 22 may, 2023, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spetsiya” A Seriya bahslari yakunlanishi ikki tur qolganida xavfli hududdan chiqib oldi. Bunga Leonardo Sempchili shogirdlari oxirgi ikki bahsda “Milan”ni mag‘lub etib, “Lechche” maydonidan durang bilan qaytgani sabab bo‘ldi.

Tecno

Bundan tashqari, “Spetsiya”dan pastda – xavfli zonada turgan “Verona”, “Kremoneze” va “Sampdoriya” 36-turda kuchli raqiblar – mos ravishda “Atalanta”, “Bolonya” va “Milan”ga to‘qnash kelib, imkoniyatni boy bergani ham liguriyaliklarga qo‘l keldi.

“Spetsiya” ikki ochko farqi bilan o‘zidan bir pog‘onada yuqorida turgan “Lechche”ni engish orqali mavsum oxirida xotirjamlikni ta’minlashi mumkin edi. Biroq, Leonardo Semplichi hujumkor taktika tanlaganiga qaramay, shogirdlari mezbonlarni enga olmadi.

Murabbiylar shtabi bu gal Eldor Shomurodovni ilk daqiqalardan o‘ynatdi. Hamyurtimizning “Lechche”ga qarshi o‘yini mutaxassislar tomonidan etarlicha tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bu bahsda ham Eldor Shomurodov qulay vaziyatda zarba bermasdan, vaziyatni barbod qilgan holat bo‘ldi.

9be4a7a34f821564e03dc031309badd4

Leonardo Semplichi o‘yindan keyin fikr-mulohazalarini bildirib, bu vaziyatga o‘z munosabatini aytib o‘tdi.

- Oxir-oqibat qo‘lga kiritilgan bir ochkoning qadri juda yuqori bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kelajakka umid beradigan o‘yin guvohi bo‘ldik. Bizga ayrim narsalar etishmayapti. Etarli darajada ko‘p golli vaziyatlar yarata olmayapmizmi, demak kam sonli holatlardan unumli foydalana olish talab qilinadi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada yutqazib qo‘yishdan xavfi xavotirga solayotgani ko‘rinib qoldi.

Gol bo‘lmasa-da, jamoa birdamlik bilan harakat qildi va professional darajada ishladi. Lekin g‘alaba uchun hech narsa qila olmadik.

Maydonda ekansan, to‘g‘ri qarorga kelish juda qiyin. Men shogirdlarimga doim shu gapni takrorlayman: “Gol urish uchun darvozaga zarba berish kerak”. Hujumchi xato qilishdan qo‘rqmasdan, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, to‘pni darvozaga tepishi kerak. Bu Eldor Shomurodovga tegishdi. Mbala Nzola va Daniele Verdega ham shu gap.

Bundan buyog‘iga bizni qutqaradigan ochkolarni olishmiz kerak. Taqvim juda murakkab. Biroq, jamoam aynan qiyin vaziyatlarda o‘zini ko‘rsata oldi. “Inter” va “Milan”ga qarshi o‘yinlar tahlili shuni ko‘rsatdi.

Endi kerakli ochkolarni olishimiz shart. Chunki yana taqdirimizni o‘zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik, - dedi Leonardo Semplichi.

foto-P.Pinto-Lecce-Spezia-678x381-1

Asli “Roma”ga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodov qishki transferlar davrida ijara asosida “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tgandi. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun kelgan legionerimiz autsayder jamoada ham muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotgani yo‘q.

27 yoshli mashhur futbolchimiz “Spetsiya” safida A Seriyada 13 da uchrashuvda maydonga tushdi va atigi bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

O‘zbekiston Argentinaga gol urgan chempionatdan Maradona, Ronaldino, Messilar etishib chiqqan!

Shomurodov haqida o‘ylayapmiz...

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

Shomurodov va Nzola "Milan"ga qarshi jasorat ko‘rsatishi kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
21/05/2023 22:48
Узи жинними бу.
Нимага 7 метрли дарвозага 5 метр узокликда тепишга куркадимией.
Узига булган ишончи 0%.
Факат куйга ухшаб чопиши колган буни.
MAMATQULOV G‘AYRAT
22/05/2023 17:53
MAS‘ULIYATNI O‘ZIGA OLISHDAN QO‘RQADI.TERMA JAMOA SARDORI BUNDAY BO‘LMAYDI-DA.GOL BO‘LSA HAM BO‘LMASA HAM DARVOZA TOMON ZARBA BERMAYSANMI SHUNCHA ODAMNI YURAGINI HOVUCHLATMASDAN. TRENER HAM SHUNCHA IMKON BERDI....