
Boshlanishi yomon emas. Kichik MMAchilarimizdan jahon chempionatining ilk kunida 4 ta medal!
Xabar berib o‘tganimizdek, bugun MMA bo‘yicha Abu-Dabida o‘smir va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.
IMMAF doirasida o‘tkazilayotgan ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan janglarda bir qator vakillarimiz oktagonga ko‘tarildi.
Quvonarlisi 4 nafar sportchimiz shoxsupadan o‘rin oldi. Jumladan, 37kg vaznda Dilyorbek Abdumannonov - kumush, 40 kgda Muxammadsafo Xo‘jamiyorov - oltin, 52 kgda Shoxrux Tursunov - bronza hamda 62 kgda Muhammadali Xoliqov bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Boshlanishi yomon emas, jahon chempionati 11 avgustga qadar davom etadi.
O‘ylaymizki, o‘smir va yoshlarimiz shoda-shoda medallar bilan qaytishadi. Bu borada ularga omad tilaymiz!
Fikrlar