Boyan Tsiger vodiyning boshqa klubiga o‘tyaptimi?
"Neftchi" klubi markaziy himoyachisi Boyan Tsiger ikkinchi davrada jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismini katta ehtimol bilan "Neftchi"da o‘tkazadi. Uning vodiyni boshqa jamoasiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar asossiz.
Ma’lumot uchun, serbiyalik himoyachi joriy mavsum Superligada 8 uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar