Braim Dias "Milan"ga qaytishi mumkin

  • 29.07.2026 21:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» yarimhimoyachisi Braim Dias yana «Milan»ga qaytishi mumkin.

Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga koʻra, «rossoneri» yozgi transfer oynasidan unumli foydalanib, marokkalik futbolchini yana jamoaga qoʻshib olish imkoniyati bor, deb hisoblamoqda. Avvalroq Braim Diasga «Liverpul» ham jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi. Agar «Real» Dias boʻyicha manfaatli taklif qabul qilsa, klub yaqin orada Madridga kelishi kutilayotgan Yan Diomande transferi fonida bu variantni koʻrib chiqishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Braim Dias 2020–2023 yillar oraligʻida «Milan» sharafini himoya qilgan. Marokka terma jamoasi a’zosining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar moʻljallangan. 2025/26 yildagi mavsumda yarimhimoyachi madriddliklar safida barcha musobaqalar hisobida 42 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!