
Braim Diasga APLdan taklif bor
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik vingerni Londonning "Vest Xem" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Bolg‘achilar" qishki transferlar oynasida futbolchi uchun taklif bilan chiqmoqchi.
"Transfermarkt" portali Braimning narxini 20 million evroga baholamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Dias ettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.
Fikrlar