
Braziliya darvozasiga 5 ta gol urgan va Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan terma jamoamiz tantanali kutib olindi
Joriy yilning 15-20 avgust kunlari Polshada kar faxriy futbolchilar o‘rtasida futzal bo‘yicha birinchi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada qatnashgan O‘zbekiston kar faxriy futbolchilari terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, Jahon chempionatida Braziliya, Ukraina, Slovakiya, Vengriya, Gana, Marokash va Polsha kabi nomdor terma jamoalar ham qatnashdi. E’tiborlisi, O‘zbekiston kar faxriylar terma jamoasi yarim final ostonasida Braziliyani 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun qahramonlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tantanali kutib olindi.








Fikrlar