Braziliya futbolchilari Neymarning qolishini istaydi

  • 21.12.2022 00:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya chorak finalda Xorvatiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatidagi yurishini 1/8 bosqichida to‘xtatdi. O‘yindan keyin Neymar kelajagi haqida aniq bir to‘xtamga kelmagandi. Futbolchi turir oldidan ushbu mundial uning uchun so‘ngisi ekanligini aytgandi.

Tecno

“Goal” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Braziyaliya terma jamoasi futbolchilari Neymardan ketmasligini so‘rashgan. Ayniqsa, jamoaning yosh a’zolari uning “pentakampeonlar” tarkibida sardor bo‘lib qolishini juda xohlashmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Neymar shunchaki tanaffus oladi va qaytadi. PSJ hujumchisi Braziliya terma jamoasida 2010 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. U faoliyati davomida 124 ta o‘yinda maydonga tushib, 77 ta gol urgan va 56 ta assist amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!