
Braziliya MTJning yangi bosh murabbiyi qachon e’lon qilinishi aniq bo‘ldi
Jahon chempionatida kutilgan natijani qayd eta olmagan Braziliya milliy terma jamoasida bosh murabbiy iste’fo bergandi.
Mamlakat futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi bosh murabbiy nomi 2023 yilning yanvar oyida ma’lum qilinadi. "BFK rahbari Ednaldo Rodrigesning shaxsan o‘zi mustaqil ravishda nomzod qidirmoqda. U hech kimga tashkilot nomidan yangi murabbiy izlashga ruxsat bermagan",-deyiladi bayonotda.
"Pentakampeonlar"ning amaldagi ustozi Tite jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Bu vaqt oralig‘ida braziliyaliklar ikki bor JCh pley-offida o‘z yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar