Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi uchun Argentina grandlari kurash boshladi

  • 03.01.2020 14:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning “Kruzeyro” klubi yarim himoyachisi Tiago Neves faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.

34 yoshli Braziliya terma jamoasi sobiq a’zosiga «River Pleyt» va «Boka Xuniors» klublari da’vogarlik qilishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Nevesning “Kruzeyro” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning dekabriga qadar imzolangan. Biroq, u sud orqali shartnomani bekor qildirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!