Braziliya terma jamoasining "JCh–2026" uchun dastlabki qaydnomasi ma'lum bo‘ldi

  • 02.04.2026 01:33
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "JCh–2026" uchun dastlabki tarkibni shakllantirdi. ESPN xabariga koʻra, roʻyxatga 24 nafar futbolchi kiritilgan.

Manbaga koʻra, jamoaning yakuniy qaydnomasi 26 nafar futbolchidan iborat boʻladi va murabbiy yana ikki pozitsiya boʻyicha qaror qabul qilishi kerak.

Dastlabki roʻyxatdan Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi futbolchilari — Duglas Santos va Luis Enrique ham oʻrin olgan.

Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Ederson ("Fenerbahche"), Bentu ("An-Nasr").
Qoʻshimcha nomzod: Ugo Souza ("Korintians").

Himoyachilar: Markinyos (PSJ), Gabriyel Magalyains ("Arsenal"), Eder Militao ("Real"), Uesli ("Roma"), Danilo, Aleks Sandro, Leo Pereira (barchasi — "Flamengo"), Bremer ("Yuventus"), Duglas Santos ("Zenit").

Yarim himoyachilar: Kazemiro ("Manchester Yunayted"), Brunu Gimarayns ("Nyukasl"), Fabinyo ("Al-Ittihod"), Andrey Santos ("Chelsi"), Danilo Santos ("Botafogo").

Hujumchilar: Estevao ("Chelsi"), Vinisius Zhunior ("Real"), Mateus Kunya ("Manchester Yunayted"), Luis Enrique ("Zenit"), Gabriyel Martinelli ("Arsenal"), Joao Pedro ("Chelsi"), Rafinya ("Barselona").

Maʼlum qilinishicha, Karlo Anchelotti himoya chizigʻi boʻyicha allaqachon yakuniy qarorga kelgan. Qolgan ikki oʻringa esa yarim himoyachi va hujumchi yoki ikki nafar forvard jalb qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!