Braziliya Yaponiyani qiyinchilik bilan taslim etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida Yaponiya hamda Braziliya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Neymarning 77-daqiqada penaltidan urgan goli bellashuv taqdirini hal qildi.
Eslatib o‘tamiz, "pentakampeonlar" bir necha kun avval Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Fikrlar