Braziliyalik 17 yoshli futbolchi Evropa grandlarini o‘ziga rom qildi

 

Braziliyaning “Korintians” jamoasi yarim himoyachisi Vitino Evropa grandlarini o‘ziga rom qildi.  

Globo Sport nashrining xabar berishicha, braziliyalik 17 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” va “Roma” katta qiziqish bildirmoqda. Kelajagi porloq sanalayotgan iqtidorlik futbolchining transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Ayni vaqtda Vitino Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi JChda Braziliya U-17 termasi tarkibida faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!