Braziliyaning navbatdagi jahon chempionatidagi bosh murabbiyi Anchelotti bo‘lishi kutilyapti

  • 29 may, 2023, 16:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi hali ham Karlo Anchelottiga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Real" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng, Madrid jamoasi bosh murabbiyi va klub prezidenti Florentino Peres yig‘ilish o‘tkazib, kelajak haqida muhokama qilishdi. Anchelotti yana bir mavsum klubda qolishi kutilmoqda.

Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges Anchelottini taklif qilish istiqbollarini tushunish uchun ushbu uchrashuv natijasini kutdi. U murabbiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borayotgan Kakaga italiyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish 2024 yilgacha uzaytirilganini aytdi.

CBF rahbari Anchelottining 2024 yilgi Amerika kubogi yakunlanganidan keyin terma jamoani boshqarishi va 2026 yilgi jahon chempionatida jamoani boshqarishidan manfaatdor.

Ramon Menezes hozirda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!