
BREAKING! Ravshan Ermatov 2-turning markaziy o‘yinini boshqaradi
JCh-2018 2-turidan o‘rin olgan Argentina - Xorvatiya o‘yinida ishlaydigan hakamlar nomini ma’lum bo‘ldi.
Quvonarlisi, ushbu o‘yin Ravshan Ermatov boshliq o‘zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirildi.
Unga qanotlarda hamyurtlarimiz Abduhamidullo Rasulov hamda Jamshid Saidovlar yordamlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o‘yinni boshqargan holda, rekord sohibi bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, Argentina - Xorvatiya o‘yini 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.00 da start oladi.
Manba: SPORTS.uz
Fikrlar