Breaking! Saudiya Arabistonida jahon chempionlarini yutgan bosh murabbiy iste’foga chiqarildi

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar o‘z xohishiga ko‘ra terma jamoadan iste’foga chiqarildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 54 yoshli mutaxassis o‘z yurti Frantsiyadan tushgan taklifga rad javobini bera olmagan. Shu tariqa, Renar joriy yilda bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib boradi. 

Ma’lumot o‘rnida, Erve 2019 yil iyul oyida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyligiga tayinlangandi. 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda u boshchiligidagi saudiyaliklar Argentinani 2:1 hisobida taslim etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!