Breaking! Turkiyadagi barcha ligalar vaqtincha to‘xtatiladi

  • 12 dekabr, 2023, 04:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Aliqulov harakat qiladigan "Rezespor" chempionat doirasida "Ankaraguju"ga qarshi o‘ynadi. Ushbu uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar gol urib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bahs yakuniga etganidan so‘ng mezbonlar prezidenti Koja Chaykur maydonga tushib, hakamning yuziga musht tushirdi. Shundan so‘ng Umut Meler kaltaklandi. 

photo_2023-12-12_04-14-13

Ushbu holatdan keyin Turkiya futbol federatsiyasi navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi va Mehmet Byukekshi mamlakatdagi barcha ligalar vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi. 

photo_2023-12-12_04-15-54

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!