
BRIKS o‘yinlari. Darya Latisheva oltin medalni qo‘lga kiritdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRIKS o‘yinlarida navbatdagi kun ortda qoldi. Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston delegatsiyasi uchinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Kun davomida atletlarimiz yana 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Batafsil:
Oltin medal:
Darya Latisheva (ushu, nanquan).
Bronza medal:
Shahboz Xolmirzaev, Mehrojbek Mamatqulov, Evgeniy Agafonov, Davrjon Davronov (akademik eshkak eshish, M4x);
Alisher Turdiev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiev, Fazliddin Karimov, Shaxriyor Hamdamov, Shuhrat Shodiev, Evgeniy Agafonov, Obidjon Jo‘raqulov, Farruh Oblaqulov (akademik eshkak eshish, M8+).
To‘rtinchi kungi bellashuvlardan so‘ng delegatsiyamiz 3 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus, Xitoy va Erondan so‘ng beshinchi o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar