Bruno Fernandesh: Amorimdan bunday gaplarni eshitishni xohlamayman

  • 26 yanvar, 17:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning fikriga javob qaytardi. Portugaliyalik mutaxassis jamoani "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yomon tarkib deb atagan edi.

Tecno

"Men murabbiydan bunday gaplarni eshitishni xohlamayman, chunki u bunday fikrda emasligini bilaman. U o‘zi bu chaqiruvni qabul qildi va shuning uchun bundan g‘azablanmasligi kerak. Murabbiy "eng yomon MYu" haqida gapirganida, u APL jadvalidagi o‘rnimizni nazarda tutmoqda. Biz jamoa tarixidagi eng past o‘rinda turibmiz. Lekin jamoamizning bunga loyiq emasligi aniq", – dedi portugaliyalik yarim himoyachi.

22 tur yakuniga ko‘ra, "qizil iblislar" Angliya chempionati jadvalida atigi 13-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
26/01/2025 20:53
Alex fergusondan keyin umuman murabiyga yolchimadi Sulsherni hisobga olmaganda boshqa yaxshi murabbiy kelmadi kelganlar faqat o‘yinchilarni. sindirishyapti