Bruno Fernandes: "Harri jamoa uchun muhim futbolchi"

  • 11.04.2026 13:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandes Harri Maguayrning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.

"Harri jamoa uchun muhim futbolchi. U rahbarlar tomonidan eʼtirofga sazovor boʻldi. Maguayr katta tajribaga ega. Shuning uchun uning ketishi katta yoʻqotish boʻlardi", dedi portugaliyalik yarim himoyachi.

Avvalroq 33 yoshli himoyachining mankunianliklar bilan yangi shartnomasi kelasi yilning oʻrtalariga qadar uzaytirilgani eʼlon qilingan edi. Maguayr joriy Premer-liga mavsumida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!