Bruno: "MYu bilan chempion bo‘lmoqchiman!"

  • 25 oktabr, 15:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh "qizil iblislar" safida oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida gapirdi.

Tecno

"Mening maqsadim - "Manchester Yunayted" bilan Angliya Premer ligasi va Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish. Bu jamoa bilan oldimga qo‘ygan maqsadlarim juda katta. MYu bilan shartnoma imzolash hayotimdagi eng muhim qarorlarimdan biri bo‘lgan. To‘g‘ri, so‘nggi yillarda qiyin mavsumlar o‘tkazdik ammo hammasi asta-sekin iziga tushyapti. Shunday ekan, mening maqsadim hammaga tushunarli deb o‘ylayman", - dedi portugaliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, mankunyanliklar APLning 8-turidan so‘ng 13 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!