Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"dagi pozitsiyasidan norozi

  • 07.10.2025 23:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandesh o‘zining maydondagi roliga qoniqmayotgani ma’lum bo‘ldi. "Transfer News Live" xabariga ko‘ra, Ruben Amorim uni anchagina chuqurroq pozitsiyada, markaziy xavbek sifatida qo‘llayotgani futbolchiga ma’qul emas.

Shu bilan birga, Fernandesh va bosh murabbiy o‘rtasida shaxsiy mojaro yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

31 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy yilning sentyabr oyida tug‘ilgan kunini nishonlagan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Brununing bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!