Brunu Fernandesh: "Sen ketsang, xafa bo‘lmaymiz" qabilida gaplar aytishgan
Portugaliyalik yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"dagi holati haqida gapirdi.
"Klubim meni yozda ketishimni istadi va bu narsa mening miyamga o‘rnashib qoldi. Men bu haqida klub rahbariyatiga aytganman, biroq ular meni sotib yuborishga jur’at topa olishmadi deb o‘ylayman. Oilaviy sabablarga ko‘ra Manchesterda qolishga qaror qildim va buni klubimni chin dildan yaxshi ko‘rganim sabab amalga oshirdim. Amorim bilan suhbat menga qattiq ta’sir qilgandi. Lekin rahbariyat tomonidan "Sen ketsang, unchalik xafa bo‘lmaymiz" qabilidagi gaplarni eshitganman.
Bu narsa menga juda og‘ir botgandi. Jamoaning natijalarida meni aybdor qilish uchun asos yo‘q edi. Men doim jamoa uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Keyin atrofga qarayman va klub qadri uchun harakat qilmaydiganlarni ko‘rib, xafa bo‘lib ketaman", - dedi Brunu.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli xavbek joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar