
"Bu "chandiq" men bilan abadiy qoladi" - penaltilar seriyasida gol ura olmagan Braziliya himoyachisi post joylashtirdi
Braziliya milliy terma jamoasi himoyachisi Markinos "pentakampeonlar"ning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"JCh-2022 yakuniga etdi. Hayotimdagi ro‘y bergan eng qayg‘uli lahzadan keyin bir necha kun o‘tdi. Bu qanday sodir bo‘lganini haligacha tushunmayman va o‘sha paytdagi hissiyotlarni tasvirlashga so‘z topa olmayapman. Men vaqtimni ijtimoiy tarmoqlardan uzoqda o‘tkazdim. Lekin bugun ushbu postni joylashga qaror qildim.
Oilam, do‘stlarim hamda vaqt menga bu og‘ir daqiqalarni ortda qoldirishga yordam berdi. Bu "chandiq" men bilan abadiy qoladi va men buning uchun javobgarman. Men tufayli azob chekayotgan har bir kishining quvonchini ko‘rish uchun imkon qadar tezroq qaytishni maqsad qilganman. Bu jamoaning bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman. Afsuski, natija biz kutgandek bo‘lmadi.
Xabar yozgan, men haqimda qayg‘urgan do‘stlarimning barchasiga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning qo‘llab-quvvatlaganingiz menga qay darajada yordam berganini tasavvur ham qila olmaymiz!
Agar Xudo menga yana sinov yuborsa, uni engib o‘taman. Hayot davom etmoqda, yangi maqsadlar sari harakat qilish vaqti keldi. O‘zimni yaxshi his qilyapman va bunga tayyorman!
Seni yaxshi ko‘raman, Braziliya!",-deya yozib qoldirdi himoyachi.
Ma’lumot uchun, Markinos mundial chorak final bosqichi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi bellashuvning penaltilar seriyasida xatoga yo‘l qo‘yib, jamoasi mag‘lubiyatiga asosiy sababchilardan biri bo‘lib qolgandi.
Fikrlar