
"Bu er unga teatr emas" - Anchelotti "Real" hujumchisini keskin tanqid qildi
Karlo Anchelotti "Real"ning "Xetafe"ga qarshi o‘yinidan so‘ng Endrikni tanqid qildi.
La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi uchrashuvning 56-daqiqasida Endrik uzatma qabul qilib oldi. Forvard kuchli zarba berish o‘rniga to‘pni darvozabonning ustidan tashlab qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo David Soriya to‘pni ilib oldi.
64-daqiqada Anchelotti Endrikning o‘rniga Bellingemni maydonga tushirdi. "Marca" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, madridliklar ustozi braziliyalikning hujum vaqtidagi o‘yinidan norozi bo‘lgan.
"U buni qila olmaydi. U yosh va o‘rganishi kerak. Endrik bor kuchini ishlatib, gol urishi kerak edi. Bu unga teatr emas", - dedi Anchelotti.
Fikrlar