
Bu futbolchi APL klublari o‘rtasida talash bo‘lmoqda
Angliyaning 3 klubi "Bavariya" vingeri Serj Gnabriniga qiziqish bildirmoqda.
"Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" Serjni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. "Arsenal" u bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda, deya xabar bermoqda "CBS Sports" nashri jurnalisti Ben Jeykobs.
Ayni vaqtda Gnabri "kanonirlar"ning "short-listidan joy olmagan. Shunday bo‘lsa-da, "Siti" yoki "Yunayted" uni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishsa, London klubi ular bilan kurashib ko‘radi.
Germaniyalik futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Myunxenliklar unga 19 million evrolik taklif bilan chiqqan, ammo futbolchi bunga rad javobini berdi. Klub rahbariyati ushbu miqdorni ko‘tarish niyatida emas.
Fikrlar