Bu futbolchi faoliyatini "Liverpul"da yakunlashi kerak

  • 18 iyul, 2021, 22:27
  • 0
  • Futbol

Goal nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Liverpul" rahbariyati tez orada jamoa yarim himoyachisi Jordan Xenderson bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Angliya terma jamoasi a’zosiga yangi uzoq yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Ular Xenderson faoliyatini “Enfild”da yakunlashini xohlashmoqda. Bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham Xendersonni jamoaning ajralmas qismi sifatida qaraydi.

Jordan Xenderson "Liverpul" safida 2011 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Xenderson yaqinda yakunlangan “Evro-2020”da Angliya terma jamoasi bilan finalga qadar etib bordi. U musobaqa davomida 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!