
Bu gaplardan keyin Mbappening obro‘si yanada oshadigan bo‘ldi
Kilian Mbappe PSJ tarkibidagi 247-uchrashuvida 201-golini urib, jamoa tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi.
Bu tarixiy ko‘rsatkichdan keyin 24 yoshli yulduz dil izhori qildi.
- PSJ uchun o‘ynash katta sharaf. Parij mening ona shahrim bo‘lgani uchun ham bu erda to‘p tepishning ahamiyati juda yuqori.
Men bu jamoaga klubimning, poytaxtimning va butun Frantsiyaning tarixini yozgani kelganman.
Shaxsiy rekordim juda chiroyli bo‘ldi, lekin men jamoaviy natijalarga erishishni ham xohlayman, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar