
Bu hammaning ham qo‘lidan kelmaydi: Mbappe katta natija qayd etdi!
Ispaniya chempionatining 16-turida “Real” futbolchilari safar uchrashuvida “Jirona”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bellashuvda madridliklarning oxirgi golini tanqidlar ostida qolayotgan Kilian Mbappe kiritdi.
Bu gol 25 yoshli hujumchi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mbappe milliy chempionatlar miqyosidagi gollari sonini 200 taga etkazib oldi.
Frantsiyalik futbolchi “Monako” va “Pari Sen-Jermen”da o‘ynagan davrda Liga 1 doirasida 191 ta (“Monako”da 16 ta, PSJda 175 ta gol) to‘p kiritgan. “Real”ga ko‘chib o‘tganidan beri Ispaniya chempionatidagi gollari to‘qqizta bo‘ldi.
Klublar miqyosidagi barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda “Jirona” darvozasiga kiritilgan to‘p Mbappe uchun 300-gol sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, u 403 ta uchrashuv davomida 128 ta assist ham qayd etgan.
Shuningdek, Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 86 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 48 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar