
Bu ishdan keyin “Barsa” muxlislari Rafinyaga qarshi borolmaydi
Joriy mavsumda “Barselona” etakchilaridan biriga aylangan Rafinya klub muxlislari hech qachon unutmaydigan ishga qo‘l urdi.
Gap shundaki, “Barselona”ga muxlislik qiladigan guruhlardan biri 21 ming evro miqdorida jarima tortilgan edi. Rafinya klub xo‘jayini Joan Laportaga murojaat qilib, bu summani o‘zi to‘lab berishini bildirgan.
Ushbu voqea haqida taniqli jurnalist Xavi Espinoza ma’lum qildi.
Muxlislar qoidalarni buzgani uchun jarima tortilgan. “Barselona” mutasaddilari ulardan jarimani to‘lashni talab qilgan. Fanatlarga bu yoqmagan va ular klubga nisbatan norozilik va e’tirozlarini bildirgan.
Kelishmovchilik tufayli klub jarimaga tortilgan muxlislar harakatining stadionga kirishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Rafinya o‘z cho‘ntagidan pul to‘lab, mana shu muammoni hal qilib bermoqchi.
Fikrlar