
Bu ishni avval faqatgina Mourino uddalagan
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann “Chelsi”ni boshqarayotgan hamyurti Tomas Tuxel uchun Angliya premer-ligasidagi ikkinchi mavsum hal qiluvchi davr bo‘lishini aytmoqda.
- Agar xotiram pand bermasa, faqatgina Joze Mourino “Chelsi”ni kamida uch mavsum boshqargan. Uni uchinchi mavsum davomida ishdan olishgan edi. “Chelsi”da doim bosim kuchli bo‘ladi va asab ketadi. Chunki klub yildan yilga rivojlanib bormoqda.
Hozir Tomas Tuxelni futbolchilar va rahbariyat qo‘llab-quvvatlamoqda. Hammasi joyida bo‘lib turganda murabbiylar shtabiga o‘yinchilar bilan ishlash osonlashadi. Biroq, mag‘lubiyatlar hamma narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ana shunday vaziyatda ko‘p narsa rahbariyatning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Men Tomasni yaxshi bilaman, u ba’zan o‘zini tutib turolmaydi va bor gapni odamning yuziga aytib yuboradi. U bu masalada psixolog yordamiga murojaat qilgan. Lekin ichida bori tashqariga chiqadi. Shu bois, Tuxel murakkab vaziyatda rahbariyat bilan muloqotda ehtiyot bo‘lishi kerak.
Tomasning Londonda uzoqroq ishlashini istayman. Uning jamoasi ko‘rsatayotgan o‘yin menga yoqyapti. Qishda ular bir-ikkita transferni amalga oshirishi lozim. Jamoaga ikki qanotga vingerlar va markaziy himoyachi etishmayapti. Agar rahbariyat Tuxelni qo‘llab-quvvatlasa, “Chelsi” futbolchilari “Manchester Siti” va “Liverpul” bilan raqobatlasha oladi, - dedi Ditmar Xamann.
Fikrlar