Bu ishni faqat Xoland uddaladi
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland Evropa chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvida “Sevilya” darvozasini ikki marta aniq nishonga olib, jamoasiga 2:2 hisobida durang keltirdi. Birinchi o‘yinda 3:2 hisobida zafar quchgan dortmundliklar keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Muhimi, norvegiyalik hujumchi Evropa chempionlar ligasi tarixida 20 ta gol urish uchun eng kam vaqt va o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi. Erlingga bu marrani zabt etish uchun atigi 14 ta uchrashuv kifoya qildi.
Avvalgi rekord “Tottenxem” yulduzi Harri Keynga tegishli bo‘lib, u raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qilish uchun 24 ta bahsda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Uchinchi o‘rinda qayd etilgan “Yuventus” afsonasi Alessandro Del Pero Chempionlar ligasidagi dastlabki 20 ta golini 26 ta o‘yinda kiritgan.

Fikrlar