Bu jamoada baxtsiz edim...

  • 15 avgust, 2022, 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Manchester Siti”dan “Arsenal”ga ko‘zib o‘tgan Gabriel Jezus “kanonirlar” tarkibida porlay boshladi.

Tecno

Braziliyalik hujumchi “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan ikkinchi tur uchrashuvida dubl qayd etdi va jamoadoshlariga ikkita gol pas berdi. Jezusning sermahsul o‘yini tufayli londonliklar “tulkilar”ni 4:2 hisobida dog‘da qoldirdi.

Jezus “Manchester Siti”da baxtsiz bo‘lgani va jamoasini alishtirib to‘g‘ri qilganini ta’kidladi.

- Hozir juda mamnunman. Biz kuli raqibni engdik. “Manchester Siti”da baxtli emasdim va klub ham buni tushunardi. Men o‘ynashni istayman xolos, - dedi Gabriel Jezus.

“Arsenal” iste’dodli hujumchini olish uchun “shaharliklar”ga 52 million evro to‘ladi va futbolchi bilan besh yillik bitim imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!