
Konte o‘rniga olti murabbiy topildi
Antonio Konte tez orada “Tottenxem”dan iste’foga chiqishi kutilmoqda. Klub rahbariyati italiyalik mutaxassisni jamoani yuqori o‘rinlar va sovrinlar uchun kurashadigan darajada olib chiqish uchun olib kelgan edi.
Biroq, Kontening ish uslubi Angliya futboliga to‘g‘ri kelmadi. Aksariyat futbolchilar bu murabbiy qo‘l ostida to‘p tepishni istamayapti.
Konte mavsum qizigan pallada ishidan ozod etilishi mumkin. Shu holat yuzaga kelsa, jamoani yozgacha yordamchi murabbiylardan biri Rayan Meyson boshqarib turadi.
“Tottenxem” yozda olti murabbiydan birini tanlashi kerak. The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, bu ro‘yxatga Ruben Amorim (“Sporting”), Vensan Kompani (“Byornli”), Maurisio Pochettino (ishsiz), Tomas Tuxel (ishsiz), Luis Enrike (ishsiz) va Roberto de Dzerbi (“Brayton”) kiritilgan.
Fikrlar