Bu Joshua uchun vatanidan tashqaridagi ilk jang edi

  • 2 iyun, 2019, 12:21
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun (Toshkent vaqti bilan) Niyu-Yorkda kechgan professional boks oqshomining markaziy jangida britaniyalik Entoni Joshua amerikalik Endi Ruisga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  

Ta’kidlash joiz, bu Joshuaning o‘z vatanidan tashqarida qilgan birinchi jangi edi. Britaniyalik bokschi bungacha biror marta Tumanli Albiondan tashqarida ringga chiqmagan. Nyu-Yorkdagi kecha Entoni uchun dastlabki mag‘lubiyat sifatida ham tarixda qolmoqda. 

E’tiborlisi, Ruis shu paytgacha 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan. 2016 yili Yangi Zelandiyada kechgan jangda Endi Ruis mezbon Jozef Parkerga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. 1 yil avval Parker va Joshua o‘rtasidagi bahsda esa Entonining qo‘li baland kelgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!