Bu “Manchester Siti” uchun katta yo‘qotish bo‘ladi

  • 15 may, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson Moraes yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.

Tecno

Jurnalist Jeyson Byortning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni klublari 30 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun mablag‘larni ayamoqchi emas.

Qolaversa, Ederson ham faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish orqali moliyaviy ahvolini mustahkamlab olishi mumkin.

Ederson 2017 yildan beri “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Braziliyaning “San-Paulu” klubi akademiyasidan Portugaliyaga kelgan futbolchi o‘z davrida “Riu Ave” va “Benfika” sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!